Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Dehlida yong‘in yuz bergan mehmonxonada O‘zbekiston fuqarolari bo‘lmagan — TIV

Dehlida yong‘in yuz bergan mehmonxonada O‘zbekiston fuqarolari bo‘lmagan — TIV

Joriy yilning 3 iyun kuni Hindiston poytaxti Dehlidagi mehmonxonada yuz bergan yong‘in oqibatida kamida 21 kishi halok bo‘lgani, yana o‘nlab odamlar jarohat olgani haqida xabar berilgan edi. O‘zbekiston TIV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu baxtsiz hodisada halok bo‘lgan va jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q.

Qayd etilishicha, ushbu hodisa munosabati bilan O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasi Konsullik bo‘limi fojia tafsilotlarini aniqlash maqsadida zudlik bilan Hindistonning vakolatli organlari bilan bog‘langan. Olingan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari aniqlanmagan.

Shuningdek, O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasi yuz bergan fojiali voqeani inobatga olgan holda, Hindistonda bo‘lib turgan yoki ushbu mamlakatga safar qilishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolarini yashash joyini tanlashga jiddiy yondashishga chaqirdi.

Mehmonxonalar va boshqa joylashish vositalarini bron qilishda faoliyat yuritish uchun hujjat bilan tasdiqlangan ruxsatnoma va yong‘in xavfsizligi sertifikatlariga ega bo‘lgan ob’ektlarni tanlash, istiqomat qilinadigan joyda evakuasiya chiqish yo‘llari va boshlang‘ich yong‘inga qarshi himoya vositalari mavjudligiga ishonch hosil qilish so‘raldi.

Shuningdek, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda, zudlik bilan Hindiston qutqaruv xizmatining 112 raqamiga hamda O‘zbekistonning Dehlidagi diplomatik missiyasi Konsullik bo‘limiga murojaat qilish kerakligi ta’kidlandi.

Kiritildi: Bugun 15:10. O'qildi: 209 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!