Bugun 16 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Davlat xaridlarida 21 mlrd so‘mlik qonunbuzilishlari aniqlandi

Davlat xaridlarida 21 mlrd so‘mlik qonunbuzilishlari aniqlandi

21 mlrd so‘mdan ortiq davlat xaridlaridagi qonunbuzilishlar yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

✈️Raqobat qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan “QUYUV-MEXANIKA ZAVODI” AJ tomonidan o‘tkazilgan eng yaxshi takliflarni tanlash (tender) savdolari “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

✈️Olib borilgan o‘rganishlar natijasida, “O‘ZBEKISTON TEMIR YO‘LLARI” AJ tizim tashkiloti “QUYUV-MEXANIKA ZAVODI” AJ tomonidan o‘tkazilgan jami 21 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan 8 ta tanlov savdolarida “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasi talablariga rioya qilinmaganligi, ya’ni savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar aniqlangan.

✈️Yuqoridagilarga muvofiq, Qo‘mitaning hududiy boshqarmasi Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilish alomatlari bilan buyurtmachi tashkilotga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda tegishli ta’sir chorasi qo‘llanildi.

📃 Shuningdek, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.

➡️Davlat xaridlari sohasida qonun ustuvorligini ta’minlash hamda raqobat uchun teng imkoniyatlarni yaratish Raqobat qo‘mitasining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

➡️Aniqlangan qonunbuzilishlarning oldi olinishi davlat mablag‘larining samarali va shaffof sarflanishini ta’minlaydi, shu bilan birga tadbirkorlar uchun ochiq va adolatli raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.

Kiritildi: Bugun 18:31. O'qildi: 315 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!