Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Davlat Bobonov -90 kg vazn toifasida jahon reytingi yetakchisiga aylandi

Davlat Bobonov -90 kg vazn toifasida jahon reytingi yetakchisiga aylandi

Xalqaro dzyudo federasiyasi sportchilarning yangilangan reytingini e’lon qildi.

O‘zbekistonlik dzyudochi Davlat Bobonov o‘zi ishtirok etadigan -90 kg vazn toifasida yetakchiga aylandi. Erkak dzyudochilar umumiy reytingida esa ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

2021 yilda Bobonov Jahon chempionatida kumush, Osiyo-Okeaniya chempionatida oltin, Tokio—2020 Olimpiya o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritdi. Ushbu natijalar uning reytingda yetakchi bo‘lishini ta’minladi.

Shu tariqa 9 yil deganda ilk bor o‘zbekistonlik dzyudochi o‘z toifasida reyting peshqadamligini qo‘lga oldi. Oxirgi marta Rishod Sobirov London—2012 Olimpiadasidan avval -60 kg vazn toifasida birinchi o‘rinda qayd etilgan edi.

Shuningdek, yana ikki nafar o‘zbekistonlik dzyudochi yangilangan reytingda o‘z toifasida top-10 dan joy olgan. Sharofiddin Boltaboyev (-81 kg) avvalgi o‘rniga nisbatan bir pog‘ona pastlab, 4-o‘rinni egallab turibdi. Sardor Nurillayev (-66 kg) ham bir pog‘ona pastlagan va 6-o‘rindan joy olgan.

Kiritildi: 23:00 27.10.2021. O'qildi: 2052 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!