Davlat aktivlarini boshqarish agentligining sobiq rahbari Akmalxon Ortiqovga nisbatan jinoyat ishi sudga yuborildi.
U Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata), 206-moddasi (mansab vakolatidan chetga chiqish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bo‘yicha ayblanmoqda.
Ish doirasida u bilan birga yana 5 nafar shaxs sudlanmoqda.
Avvalroq, 27 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Akmalxon Ortiqov korrupsiyaviy sxemalar sabab lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilingan edi.