Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Daniyada Qur’onga hurmat marshi bo‘lib o‘tdi

Daniyada Qur’onga hurmat marshi bo‘lib o‘tdi

Daniya poytaxti Kopengagenda radikal siyosatchi Rasmus Paludanning Qur’oni Karimga ko‘rsatgan hurmatsizligiga qarshi marsh bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Anadolu agentligi.

Aksiyada qatnashganlar muqaddas kitoblarni yoqish taqiqlanishi va ikki yil avval bekor qilingan e’tiqodga haqorat qonuni qaytadan joriy etilishi uchun imzo to‘pladi. Bu imzolar siyosatchilarga topshirilishi aytildi.

Stram Kurs partiyasi yetakchisi Rasmus Paludan bir necha kun avval poytaxtning musulmonlar zich yashaydigan Noerrebro mavzesiga kelib, Qur’oni Karimni osmonga irg‘itgan, shundan keyini muqaddas kitobni oyog‘i bilan ezgan. Mamlakat bosh vaziri Lars Lyokke Rasmussen uning harakatini ma’nosiz provokasiya deb atab, uni xalq orasida fitna tarqatishga urinishda aybladi.

Paludan 22 mart kuni Daniya parlamenti oldida o‘qilgan juma namoziga e’tiroz bildirib, Qur’oni Karimni yoqqan edi.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 07:57 21.04.2019. O'qildi: 1551 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!