Bu haqda BBC xabar berdi.
Daniya Germaniya, Fransiya, Shvesiya va Norvegiya bilan birgalikda Grenlandiyaga harbiy kuchlar yuborishga qaror qildi. Bu qaror Grenlandiya atrofidagi vaziyat keskinlashgan bir paytda qabul qilindi.
Chorshanba kuni Oq uyda Daniya tashqi ishlar vaziri Lars Lyokke Rasmussen va Grenlandiya tashqi ishlar vaziri Vivian Motsfeldt AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens hamda davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar muzokaralar yakunida ko‘plab masalalar bo‘yicha qarashlarda tubdan farq qilishini tan oldi.
Rasmussen va Mosfeldtning ma’lum qilishicha, uchrashuv AQSh prezidenti Donald Trampning Grenlandiya ustidan har qanday yo‘l bilan, jumladan kuch ishlatish orqali ham nazorat o‘rnatish ehtimoli haqidagi bayonotlari ortidan yuzaga kelgan taranglik fonida o‘tgan.
Avvalroq, Daniya tashqi ishlar vaziri Lars Lyokke Rasmussen Grenlandiya bo‘yicha muzokaralarda kelishuvga erishilmaganini aytgan edi