Bugun 15 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Daniya TIV rahbari: "AQShni Grenlandiya ustidan nazoratni qo‘lga kiritish g‘oyasidan voz kechishga unday olmadik"

Daniya TIV rahbari: "AQShni Grenlandiya ustidan nazoratni qo‘lga kiritish g‘oyasidan voz kechishga unday olmadik"

Daniya va AQSh Grenlandiya atrofidagi vaziyatni muhokama qilish uchun yuqori darajali ishchi guruh tuzishadi.

Bu haqda Daniya TIV rahbari Lars Lyokke Rasmussen Vashingtonda AQSh tomoni bilan uchrashuvlar yakunlariga bag‘ishlangan brifingda ma’lum qildi.

"Biz hisoblaymizki, ushbu guruh AQSh xavfsizligi masalalarini hal qilish yo‘llarini qidirishga e’tibor qaratsin, shu bilan birga Daniya Qirolligi “qizil chiziqlariga” hurmat bilan qaralsin. Bunday guruh o‘zining birinchi uchrashuvini yaqin bir necha hafta ichida o‘tkazadi deb umid qilamiz», — dedi u.

Shu bilan birga, u Daniya va Grenlandiyaning territorial butunligiga hujum umuman qabul qilib bo‘lmasligini ta’kidladi. "Biroq AQShni Grenlandiya ustidan nazoratni qo‘lga kiritishdan voz kechishga unday olmadik. Lekin orol hozir va yaqin kelajakda Daniya Qirolligi tarkibida qoladi", — dedi vazir.

Rasmussen AQShning Grenlandiyada Xitoy harbiylari borligi haqidagi da’volarini ham rad etdi va buning faqat 10 yil oldin dengizda kuzatilganini ma’lum qildi. U Daniya va Grenlandiya orol xavfsizligiga oid har qanday AQSh talabini konstruktiv yo‘l bilan ko‘rib chiqishga tayyorligini ta’kidladi.

"1951 yildagi mudofaa kelishuviga muvofiq, AQSh allaqachon Grenlandiyaga keng harbiy kirish huquqiga ega va ular doimo oroldagi ishtirokini ko‘paytirishni so‘rashlari mumkin. Shu sababli, biz AQShda qo‘shimcha talablar bor-yo‘qligini eshitishni istaymiz. Bu borada har qanday talabni konstruktiv ravishda ko‘rib chiqamiz", — dedi u.

Kiritildi: Bugun 09:00. O'qildi: 477 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!