Bugun 18 iyul, 2026 yil, shanba

КИР

Daniya bosh vaziri Grenlandiyani himoya qilishga va’da berdi

Daniya bosh vaziri Grenlandiyani himoya qilishga va’da berdi



"Grenlandiya, albatta, sotilmaydi", — deya ma’lum qildi mamlakat hukumati rahbari Mette Frederiksen Anqarada bo‘lib o‘tayotgan alyans sammitida va "o‘z hududining har bir qarichini himoya qilishga" va’da berdi.

Frederiksenning so‘zlariga ko‘ra, Daniya "hamma, jumladan, ittifoqchilarimiz ham Grenlandiya xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini hurmat qilishiga" umid qilmoqda.

"Biz suveren davlatlarmiz va hamma bizning hududiy yaxlitligimiz hamda suverenitetimizni hurmat qilishi zarur", – dedi u.

Frederiksen Kopengagenning bu masaladagi pozisiyasi aniq ekanligini, shuningdek, "afsuski", AQShning ham pozisiyasi shundayligini qo‘shimcha qildi. Avvalroq Donald Tramp Grenlandiyaga nisbatan yana da’volar bildirgan edi.

Alyans sammitida Islandiya bosh vaziri Kristrun Frostadottir ham Daniyani qo‘llab-quvvatlab chiqdi va Grenlandiya xalqi "AQShning bir qismi bo‘lishni xohlamasligini" hamda NATO bo‘yicha ittifoqchilar e’tiborni Rossiya tomonidan bo‘layotgan tahdidga qaratishlari kerakligini ko‘rsatib o‘tdi.

Kiritildi: 17:51 08.07.2026. O'qildi: 661 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!