Bugun 25 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Dana Uayt promoushenida o‘zbekistonlik bokschi debyut qiladi

Dana Uayt promoushenida o‘zbekistonlik bokschi debyut qiladi

UFC prezidenti Dana Uayt tomonidan tashkil etilgan «Zuffa Boxing» promousheni bilan shartnoma imzolagan o‘zbekistonlik bokschi Rahmatullo Boymatovning ilk jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi.

Hamyurtimiz 10 may kuni professional boksdagi debyut jangini o‘tkazadi. Unga o‘sha kuni amerikalik Alarenz Stanton raqiblik qiladi. Mazkur to‘qnashuv yarim og‘ir vazn toifasida (79,38 kg) bo‘lib o‘tishi va 6 raund davom etishi belgilangan.

Ma’lumot uchun, Boymatovning raqibi A. Stanton professional ringda yetarlicha tajribaga ega. U hozirga qadar 10 ta jang o‘tkazib, ularning 9 tasida g‘alaba qozongan va faqat bir bor mag‘lubiyatga uchragan.

Dana Uayt promoushenida o‘zbekistonlik bokschi debyut qiladi

Kiritildi: Bugun 14:49. O'qildi: 291 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!