Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

"Damini olsin": Rossiyada Putinga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi

"Damini olsin": Rossiyada Putinga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi

Yakshanba kuni Rossiyaning bir qator hududlarida tibbiyotning qulashiga qarshi harakatlar bo‘lib o‘tdi. Koronavirus pandemiyasi paytida ichki sog‘liqni saqlash sohasidagi muammolarni ko‘targan ishtirokchilar federal hukumatni boshqa "xalqqa qarshi" tashabbuslari uchun ham tanqid qildilar.

Barnauldagi mitingda aholi pensiya yoshining oshirilishiga qarshi chiqishdi. Odamlar, shuningdek, Konstitusiyaga kiritilgan o‘zgartirishlardan norozi ekanliklarini aytishdi. Ma’lumot uchun, mazkur o‘zgarishga ko‘ra 20 yil davomida mamlakat boshqaruvida bo‘lgan Vladimir Putin prezidentlik muddatlarini "qayta tiklab", 2036 yilgacha hokimiyatda qoladi.

Namoyishchilarning plakatlarida: “Putinning vakolatini cho‘zishni bas qiling! Uning dam oladigan vaqti keldi", deb yozilgandi. Faollar, shuningdek, Rossiya hukumatining ishdan bo‘shatilishini talab qilishdi.

Ularning yana bir shiori – "Koronavirusning oqibatlari kapitalizmning oqibati" bo‘ldi. Aholi masofaviy ta’limni bekor qilish tarafdori.

Namoyish Rossiya Federasiyasi Kommunistik partiyasi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, unda 100 dan ortiq kishi ishtirok etdi. Qayd etilishicha, polisiya "komsomolchilar shahar bo‘ylab sayohat qilgan avtobusni garovga olgan, ammo qoidabuzarliklar bo‘lmaganligi sababli uni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgan".

Kiritildi: 12:19 30.11.2020. O'qildi: 6499 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!