Bugun 25 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

Damashq Suriyaning sharqida neft qazib olishni boshlamoqda

Damashq Suriyaning sharqida neft qazib olishni boshlamoqda

Davlat neft kompaniyasi Suriyaning shimoli-sharqida terroristik tashkilot YPG/SDFdan yaqinda ozod etilgan konlarda neft qazib olish qayta boshlanganini ma’lum qildi.

Kompaniyaning kommunikasiyalar bo‘yicha direktori Safvan Shayx Ahmadning aytishicha, bu ishlardan asosiy maqsad — konlarning avvalgi ishlab chiqarish quvvatini tiklash. Uning prognozlariga ko‘ra, to‘rt oy ichida neft qazib olish hajmi sutkasiga taxminan 100 ming barrelga yetishi mumkin.

❕ Neft qazib olishni qayta boshlash 18 yanvar kuni Suriya prezidenti Ahmad ash-Sharaa va SDF/YPG o‘rtasida imzolangan kelishuvdan so‘ng amalga oshirildi. Ushbu kelishuv harbiy amaliyotlardan keyin tuzilgan.

2011 yilgacha Suriyada neft qazib olish hajmi sutkasiga 400 ming barrelga yetgan. Keyinchalik urush, sanksiyalar va infratuzilmaning vayron bo‘lishi sababli ishlab chiqarish keskin kamayib, so‘nggi yillarda 25–50 ming barrel atrofida bo‘lib kelgan.

Hozirda hukumat qaytarib olingan konlarni tiklash, neft qazib olishni qayta yo‘lga qo‘yish hamda ichki energiya ta’minotini barqarorlashtirishga asosiy e’tiborni qaratmoqda.

Kiritildi: Bugun 19:14. O'qildi: 375 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!