Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Dahshatli fojia! 8 kishi ayanchli o‘lim topdi

Dahshatli fojia! 8 kishi ayanchli o‘lim topdi

Yakshanba kuni Pokiston shimoli-g‘arbidagi Dera-Ismoil-Xon shahrida sodir etilgan ekstremistik hujum natijasida kamida sakkiz kishi halok bo‘lgan, yana 30 ga yaqin kishi jarohat olgan. Bu haqda “Al-Jazira” telekanali xabar bermoqda.

Hudud polisiyasi rahbari Salim Riazning ma’lum qilishicha, motosikllarda kelgan ekstremistlar dastlab shaharning g‘arbiy qismidagi nazorat punktiga hujum qilib, ikki nafar huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini o‘ldirgan. Hujumni amalga oshirgan to‘rt jangari voqea joyidan qochishga ulgurgan.

Polisiya xodimlari jasadlarini shifoxonaga yetkazilayotgan vaqtda esa ikkinchi hujum amalga oshirilgan. Shifoxonaga kiraverishda hudkush terrorchi ayol o‘zini portlatib yuborgan. Oqibatda ikki nafar huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari va to‘rt nafar tinch aholi qurbon bo‘ldi. Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, taxminan 30 kishi jarohat olgan.

Hujumlar uchun mas’uliyatni Pokiston Tolibon harakati (Tehrik-i-Taliban Pokiston) o‘z zimmasiga oldi.

Kiritildi: 16:49 21.07.2019. O'qildi: 4008 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!