Bugun 25 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Dahshat: Shvesiyada 20 yoshli darvozabon otib o‘ldirildi!

Dahshat: Shvesiyada 20 yoshli darvozabon otib o‘ldirildi!

Shvesiya futbolida qayg‘uli xabar. Erebru shahrida mahalliy "Forvard" klubi posboni Xugo Mossxagen qurolli hujum qurboni bo‘ldi.

Voqea shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Voqea joyiga yetib kelgan polisiya bir nechta o‘q yegan yigitni topgan. U zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan bo‘lsa-da, shifokorlar uning hayotini saqlab qola olishmadi.

"Expressen" nashrining yozishicha, polisiya ushbu qotillikni "xatolik" sifatida baholamoqda. Asosiy taxminga ko‘ra, jinoyatchilarning nishoni futbolchi emas, balki uning yonidagi boshqa shaxs bo‘lgan. Huquq-tartibot organlari Mossxagenning jinoiy guruhlarga aloqasi yo‘qligini tasdiqlashdi.

Hozircha hech kim hibsga olinmagan va polisiyada gumonlanuvchilar yo‘q. Ayni damda tintuv ishlari va hududdagi kuzatuv kameralarini o‘rganish jarayoni ketmoqda.

Kiritildi: Bugun 08:55. O'qildi: 393 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!