“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Madridda yana 3 yilga qolishga tayyor. Ammo buning uchun maoshi 4 marta oshirilishi kerak.
Futbolchining ayni damda yiliga 21 mln yevro maosh oladi. Uning amaldagi shartnomasi 2021 yozida tugaydi.
Portugaliyalik futbolchi o‘z agenti Jorje Mendeshdan agar unga yiliga 80 mln yevro to‘lansa, “Real”da qolishga tayyorligini aytib, bu shartini klub prezidenti Florentino Peresga yetkazishni suragan. Shuningdek, Ronaldu yangi shartnoma kamida 3 yilga tuzilishini istayapti. Agar bu amalga oshsa, "Real" futbolchi bilan yangi shartnoma imzolashi uchun 240 mln yevro sarflaydi.
Ma’lumot uchun, Ronalduga “PSJ” qiziqish bildiryapti. Parij klubi futbolchiga yiliga 45 mln yevro maosh berishga tayyor.