Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Dahshat! Hamshira 8 nafar go‘dakning o‘limida va yana 10 nafar bolaning hayotiga suiqasd qilishda ayblanmoqda

Dahshat! Hamshira 8 nafar go‘dakning o‘limida va yana 10 nafar bolaning hayotiga suiqasd qilishda ayblanmoqda

Britaniyaning Chester shahri polisiyasi 28 yoshli hamshira Lyusi Letbini hibsga oldi. U 8 nafar go‘dakning o‘limida va yana 10 nafar go‘dakning hayotiga suiqasd qilishda ayblanmoqda.

Ayni damda polisiya 2015-2016 yillarda Chester grafligi kasalxonasida sodir bo‘lgan 17 go‘dakning o‘limi bilan bog‘liq holatlarni sinchiklab o‘rganmoqda.

Agar 8 nafar go‘dak o‘limida Lyusi Letbining aybi tasdiqlansa u Britaniya tarixida eng ommaviy bolalar qotili bo‘ladi, deb yozmoqda The Sun nashri.

Lyusi Letbini gumon qilish u ishlaydigan shifoxonaning neonatal bo‘limida bolalar o‘limi statistikasi yomonlashganidan so‘ng boshlangan. Kuzatuvlar natijasida Chester kasalxonasida bir necha yil davomida muddatidan oldin tug‘ilgan go‘daklar o‘limi 10%ga oshgani aniqlangan. Shuningdek ularning bir nachasi qo‘l va oyoqlarida noma’lum dog‘lar borlini aniqlangan.  Shundan so‘ng vaziyatni sinchiklab o‘rganish uchun shifoxona ma’muriyati polisiyaga murojaat qilgan.

Hamshira Lyusi Letbi 2011 yilda Chester universitetini tugatib ish faoliyatini boshlagan. Hamkasabalari u haqida juda yaxshi fikrda bo‘lgan. Uning o‘zi ham ijtimoiy tarmoqlarda go‘daklar bilan bog‘liy bir necha guruhlarga a’zo bo‘lgan. U bir o‘zi 3ta mushuklari bilan 3 xonali uyda yashagan.

Kiritildi: 19:00 23.11.2020. O'qildi: 4454 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!