Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

COVID-19ni aniqlaydigan “aqlli” uzuk yaratildi

COVID-19ni aniqlaydigan “aqlli” uzuk yaratildi

Oura kompaniyasi insonda belgilar paydo bo‘lishidan uch kun oldin COVID-19ni aniqlay oluvchi Health uzugini taqdim etdi. Ushbu yangi texnologiya virus bor-yo‘qligini 90 foizga to‘g‘ri aniqlay oladi.

Buning uchun uzuk sohibi har kuni ertalab kichik so‘rovnomadan o‘tadi va bu ma’lumotlar sun’iy intellekt algoritmi yordamida qayta ishlanadi. “Aqlli” uzuk insonning biologik ko‘rsatkichlari – tana haroratini o‘lchaydi, uyqu rejimi, jismoniy faollik darajasi va yurak ritmini monitoring qilib boradi.

“Integratsiyalangan, yaxlit neyrobiologik platforma inson organizmining faoliyatini muntazam kuzatib boradi, virus alomatlarining namoyon bo‘lishini aniq aytib beroladi. Nazarimizda, ushbu yangi platforma tibbiyot xodimlarimiz himoyasining muhim qismi bo‘ladi”, deydi loyiha rahbari Ali Rezai.

Ayni paytda yangilik 600 nafardan ortiq tibbiyot xodimlari tomonidan sinovdan o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 22:45 03.06.2020. O'qildi: 2526 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!