Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

COVID-19’ga qarshi vaksina olgan kishi bir necha soat o‘tib vafot etdi. Tergov boshlandi

COVID-19’ga qarshi vaksina olgan kishi bir necha soat o‘tib vafot etdi. Tergov boshlandi

AQShning Kaliforniya shtati Pleser okrugida koronavirusga qarshi emlangan fuqaro vafot etgani yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tekshiruv boshladi. «RBK»ning yozishicha, bu haqda mahalliy okrug boshqarmasining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilingan.

Xabarga ko‘ra, vafot etgan shaxs koronavirus bilan 2020 yil dekabr oyi oxirida kasallangan. Keyinchalik, 21 yanvar kuni u COVID-19’ga qarshi emlangan va oradan bir necha soat o‘tib vafot etgan.

Boshqarmada qayd etilishicha, emlash okrug tibbiyot xodimlari tomonidan o‘tkazilmagan. Emlashda qaysi vaksinadan foydalanilganiga aniqlik kiritilmagan

Tergovda federal xizmatlar ishtirok etmoqda. «Tergov tugagunga qadar o‘lim sabablari haqidagi har qanday xabarlar shoshqaloqlikdir», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, AQShda 14 dekabr kuni koronavirusga qarshi emlash boshlandi. Birinchi navbatda kasallanganlar bilan ishlayotgan tibbiyot xodimlari emlanmoqda. Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazlari (CDC) ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil oxirigacha Amerika hukumati 40 million kishini emlashni rejalashtirmoqda.

Iyul oyida Pfizer AQSh hukumati bilan 50 million amerikalikni emlashga yetadigan 100 million doza (bir kishiga ikkitadan in’eksiya) vaksina yetkazib berish uchun 1,95 milliard dollarlik shartnoma imzolagan. Shartnoma dorining klinik sinovlari tugashidan oldinroq tuzilgan, farmokologik gigant vaksina samaradorligi isbotlangan taqdirdagina partiyani yetkazib berishi kerak edi.

Noyabr oyida Pfizer va uning germaniyalik sherigi BioNTech tomonidan ishlab chiqilgan vaksina 95 foiz samaradorlik ko‘rsatdi va avvalroq tuzilgan shartnoma ishga solindi. Ammo NYT manbalarining ma’lum qilishicha, ishlab chiqaruvchilar shartnomani imzolash bosqichidayoq Oq uyga yana 100 millionta dozadan iborat qo‘shimcha partiyani sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qilgan. Prezident ma’muriyati esa bundan voz kechgan.

Avvalroq AQShda Pfizer vaksinasi bilan emlangan ikki tibbiyot xodimining ahvoli yomonlashgani, sinovlardagi 6 ko‘ngilli esa vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Kiritildi: 21:00 24.01.2021. O'qildi: 4915 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!