Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Cobiq razvedka rahbari:”Koronavirus Uxan labaratoriyasidan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin”

Cobiq razvedka rahbari:”Koronavirus Uxan labaratoriyasidan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin”

Buyuk Britaniya razvedkasini 2004 yilgacha boshqargan Ser Richard Dirlav koronavirus pandemiyasi Xitoyning Uxandagi labaratoriyadan tasodifan kelib chiqqan bo‘lishi mumkinliginihttps://ria.ru/20200604/1572451993.html aytmoqda.

Dirlav “Daily Telegraph” gazetasiga bergan intervyusida koronavirusning kelib chiqqan joyi oldin taxmin qilinganidek Uxandagi yovvoyi hayvonlar bozori emas, balki bu shahardagi labaratoriya ekanligini ta’kidlagan. U bu fikrlarini britaniyalik va norvegiyalik tadqiqotchilarning bahs-munozarlarga sabab bo‘lgan o‘rganishlariga tayanib bayon qilgan.

Uxanda “Uxan kasalliklarni nazorat qilish markazi” va “Uxan virusologiya instituti” deb ataluvchi ikkita labaratoriya mavjud bo‘lib,ular oldin ko‘rshapalaklar va koronavirus ustida tadqiqotlar olib borishgan. Virus kelib chiqqan shaharda bu ikki labaratoriyaning mavjudligi COVID -19 inson xatosi mahsuli ekanligi borasidagi shubhalarni ilgari surishga sabab bo‘ldi. Ushbu taxminlarga ko‘ra,koronavirus tekshiruvlar jarayonida tasodifan mahalliy aholi orasiga yetib borgan.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus labaratoriyadan kelib chiqqani haqidagi nazariyalarni AQSh prezidenti Donald Tramp ham qo‘llab-quvvatlagan. AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo esa virusning inson tomonidan yaratilgan kasallik ekaniga “katta asoslar” mavjudligini ta’kidlagan.

Ammo \dunyodagi ko‘plab olimlar bu taxminlarni qoralashgan va bir qancha ilmiy nashrlarda bosilgan tadqiqotlarda bu qarashlar rad etilgan. Masalan,Britaniyaning tibbiyotga oid “The Lanset” jurnalida bosilgan tadqiqot natijalarida aytilishicha,koronavirusga chalingan dastblabki 41 kishidan 27 tasining ushbu kasallikni yovvoyi hayvonlar bozoridan yuqtirib olganligini aniqlashga muvaffaq bo‘lingan. Bu esa virusning kelib chiqishida inson omili rol o‘ynamagan degan dastlabki nazariyalarni asoslaydi.

Buyuk Britaniya hukumati ham koronavirus labaratoriyadan kelib chiqqaniga hech qanday asos yo‘q ekanligini ta’kidlagan.

Kiritildi: 11:15 06.06.2020. O'qildi: 6166 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!