Bugun 22 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

"Cobalt" ning 4 pozisiyasi o‘rindiqni istish modulisiz taklif etiladi

"Cobalt" ning  4 pozisiyasi o‘rindiqni istish modulisiz taklif etiladi

“UzAuto Motors” kompaniyasi axborot xizmati ma’lum qilishicha , yuzlab tayyor Kobalt avtomobillari zavod avtoturargohida o‘zlarining yangi egalarini kutmoqda.

Birgina yarimo‘tkazgich detalining yo‘qligi sabab avtomobildagi o‘rindiqni isitish tizimi ishlamasligi avtomobilni egasiga topshirishga yo‘l qo‘ymaydi.

Yuzaga kelgan holatdan kelib chiqib, kompaniya yaqin orada 4-pozisiya Shevrolet Kobaltni kutayotgan mijozlarga avtomobilni o‘rindiqni istish modulisiz taklif etadi.

Ushbu komplektasiya 1 mln so‘mni tashkil etadi. Ularning narxi avtomobilning umumiy narxidan olib tashlanadi.

Xaridorning roziligi bilan amalga oshiriluvchi ushbu majburiy choraning qo‘llanilishi uzoq kutilgan avtomobillarni yaqin orada o‘z egalariga yetkazilishini ta’minlaydi, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 19:52 14.10.2021. O'qildi: 4263 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!