Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

“Cobalt” avtomashinasining puli olib berildi

A A A
“Cobalt” avtomashinasining puli olib berildi
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatilari Federasiyasi Buxoro viloyat hududiy birlashmasi “Ishonch telefoni”ga Shofirkon tumani “Joyrobod” mahalla fuqarolar yig‘ini Joyrabod ko‘chasi 540 uyda yashovchi fuqaro Tillayeva Nasiba Buxoro shahridagi “Umid Savdo Fayz Invest” MCHJga qarashli “Umid lizing” korxonasidan norozi bo‘lib bergan og‘zaki murojaati “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati to‘g‘risida”gi qonun talablari doirasida o‘rganildi. 
 
Murojaat Buxoro shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganib chiqilganda: Iste’molchi bilan 2018 yil 3 fevral kuni shartnoma tuzilgan bo‘lib 38734000 so‘m to‘lovni amalga oshirgan. Ushbu shartnomada ko‘rsatilgan muddatdan 120 kun o‘tib ketgan bo‘lsa-da fuqaro mashinasini ololmagani aniqlandi.
 
Arizani o‘rganish jarayonida iste’molchining “Umid Savdo Fayz Invest” MCHJga qarashli “Umid lizing” korxonasidan 38734000 so‘m puli olib berildi hamda iste’molchining muammosi ijobiy hal etildi. “Umid Savdo Fayz Invest” MCHJga qarashli “Umid lizing” korxonasi rahbariyati va xodimlari yuqorida ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish va bundan keyin bunday holatlarni qaytarmasligi to‘g‘risida ogohlantirildi. 
 
Azizbek Boboyev, 
Buxoro shahar IHHQ jamiyati
Axborot va matbuot mutaxassisi

Manba: uza.uz
Kiritildi: 23:41 27.08.2018. O'qildi: 1662 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik