Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

CNN, MS NOW va Politico Tramp ma’muriyatini sudga berdi

CNN, MS NOW va Politico Tramp ma’muriyatini sudga berdi

AQShning uchta yirik axborot nashri — CNN, MS NOW va Politico — Vashingtondagi federal sudga murojaat qildi.

OAVlar Tramp ma’muriyati Oq uy hududiga jurnalistlarining kirishini cheklaganidan keyin sudga da’vo kiritgan. Ular jurnalistlar uchun akkreditasiyalarni tiklashni talab qilmoqda.

Donald Tramp OAVlarni «yolg‘on xabarlar» tarqatishda ayblab, ularning materiallaridan norozi ekanini bildirgan. Biroq u taqiqqa sabab bo‘lgan muayyan maqolani ko‘rsatmagan.

OAVlar esa akkreditasiyalar oldindan ogohlantirishsiz va rasmiy tartibsiz bekor qilinganini ta’kidlamoqda.

Nashrlar suddan jurnalistlarning erkin ishlashi va matbuot erkinligi huquqini himoya qilishni so‘ramoqda. Oq uy esa cheklovlarni «ishonchsiz ma’lumotlarga qarshi kurash» bilan izohlamoqda.

Kiritildi: 19:10 21.09.2026. O'qildi: 285 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!