Bugun 17 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Ciyosatdan norozilik: Fransiya NATO'dan chiqishi mumkin

Ciyosatdan norozilik: Fransiya NATO'dan chiqishi mumkin

Fransiya parlamenti AQSh siyosatidan norozilik tufayli mamlakatning NATO'dan chiqishi to‘g‘risida rezolyusiya tayyorladi.

Bunday qonunchilik tashabbusi bilan Fransiya Milliy assambleyasi vise-prezidenti, “Bo‘ysunmas Fransiya” (La France Insoumise, LFI) so‘l partiyasi deputati Klemans Gette chiqdi.

Gettening Berliner Zeitung nashriga bergan intervyusida aytishicha, Fransiya uzoq vaqtdan beri NATO'dan chiqish masalasini muhokama qilmoqda, ammo hozir, Qo‘shma Shtatlar “oshkora imperilistik siyosat” olib borayotgan va Yevropa Ittifoqiga vassal maqomini berayotgan bir paytda, bu masala dolzarb tus olgan.

NATO'dan chiqish Fransiyaga "harbiy va diplomatik mustaqilligini tiklash va yana alohida davlatga aylanish" imkonini beradi, deb hisoblaydi Gette. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat yakkalanib qolmaydi, balki ko‘p tomonlama hamkorliklar orqali ekologiya, qurolsizlanish va jamoat manfaatlarini ilgari surishda o‘z ta’sirini kuchaytiradi.

Kiritildi: Bugun 18:35. O'qildi: 541 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!