Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Chustdagi "shifobaxsh" suvning bir litri 1000 so‘mdan sotilmoqda

Chustdagi "shifobaxsh" suvning bir litri 1000 so‘mdan sotilmoqda

Chust tumani Qodirobod hududida chiqqan “shifobaxsh suv” haqidagi ovoza bolalayapti. Undan naf ko‘rishni istaganlar juda ko‘p.Yo‘l yoqasidagi uddaburonlar esa har litrini ming so‘mdan pullashmoqda deb yozadi «Xalq so‘zi Online».

“Xalq so‘zi online”ning joriy yil 23 maydagi sonida “Chustda “rak”ni davolaydigan suv chiqqani rostmi?” sarlavhali maqola e’lon qilinib, Chust va To‘raqo‘rg‘on tumanlari chegarasida joylashgan Qodirobod massividagi “Tomchi zamin” fermer xo‘jaligi dalasida qazilgan artezian quduqdan kutilmaganda “shifobaxsh suv” chiqqanligi, uning ming dardga davo ekanligi haqidagi mish-mishlar haqida mulohaza yuritilgandi.Fermer Abdusattor Yo‘ldoshev o‘z kuzatishlaridan kelib chiqib, 350 metr chuqurlikdan nasos orqali tortib olinayotgan bu suvdan bir qator tanish-bilishlari shifo topganini aytsada,uni tahlil qilgan Namangan viloyat sanitariya-epidemologiya markazi mutaxassislari iste’molga yaroqsizligi haqida xulosa berishgan. Shunga qaramay artezian quduq (buloq emas) qa suv olish uchun kelayotgan odamlar oqimi aslo kamaygani yo‘q. Ular orasida nafaqat Farg‘ona vodiysi, balki, minglab chaqirim yo‘l bosib kelayotgan Qashqadaryo, Xorazm, hatto, Qoraqalpoqliklargacha bor. “Ixlos xalos”, deyishadi-da. Qolaversa,televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda ayni mavzuda berilayotgan xabar va maqolalar yaxshigina reklama rolini o‘ynagani ham bor gap.

-Bir necha yildan buyon teri xastaligidan azob chekayotgan do‘stimni olib keldim,-deydi Toshkent viloyati Piskent tumanida yashovchi Rahmonjon Almatov. – U quduq yonidagi ariqchaga oyog‘ini soldi. Endi suvdan ko‘proq olib qaytmoqchimiz. Zora, o‘rtog‘im shundan shifo topsa.

Umid bilan davo izlab kelgan kishini qaytarib bo‘ladimi. Bu yerda mahallaning chapdast yigitlari uzoqdan kelayotganlarga suv g‘amlab olish uchun maxsus plastik idishlarni yetkazib berishyapti. Albatta, tekinga emas. Nariroqdagi yo‘l boshida esa bir necha yigit katta-katta idishlardagi suvning litrini ming so‘mdan pullayotir. Ana biznes! Biroq,fermer yoki uning yaqinlari yer qa’ridan tortib olinayotgan suv uchun haq olishni o‘ylashgani yo‘q. Hozircha savob. Keyinchalik ishlar qonuniy yo‘lga qo‘yib olinsa bir gap bo‘lar.

Nima bu suvning chindan ham insonlarni davolash xususiyati cheksizmiki, odamlarning ishonchi buncha baland bo‘lmasa? Ayni masalada hamon o‘z fikrida turgan fermer Toshkentdagi mineralogiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalarida uning tarkibida shifobaxsh “Selen”mineral moddasi borligini qayta-qayta takrorlayi. To‘g‘ri mazkur inson immun tizimini mustahkamlash orqali turli xastaliklarga davo ekanligi haqida ma’lumotlar bor. Biroq, Qodirobod suvi to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molga yaramasa, nima qilish kerak?

Sanitar vrachlarning fikricha ushbu suvni qayta ishlab, qattiqligi yumshatilsa, loyqasi tindirilib, mikroblari zararsizlantirilsa gigiyenik holati yaxshilanadi. Shundagina yaroqlilik sertifikati berilishi mumkin. Buning uchun anchagina murakkab texnologik jarayonni amalga oshirish talab etiladi. Eng avvalo, uni bir necha bosqichda filtrlash lozim.

Biz Qodirobodga kelgan kuni Abdusattor aka Yo‘ldoshev suvning bir nechta idishga qadoqlangan namunasini olib yana bir bor chuqur tekshirtirish uchun Toshkentga ketgan ekan. UkasiAbug‘affor Yo‘ldoshev bilan suhbatlashdik. Aytishiga qaraganda, suvni iste’mol holatiga keltirish uchun talab etiladigan shart-sharoitlarni hozirlashga qaror qilishibdi. “Xitoydan hamkor topib, suvni tozalash va qadoqlash texnologiyasi uchun buyurtma berdik. Yaqin vaqt ichida bu yerda qurilish ishlarini ham boshlaymiz”, deydi u ishonch bilan.

Tabiiyki, vaqt ko‘pchilik tashvishida yelib-yugurayotgan qishloq tadbirkorining ishlariga o‘z bahosini beradi. Biroq, bu masalada yetti emas, yetmish marta o‘lchagandan so‘ng kesmoq kerak. Chunki,suvning shifobaxshligi shoshilinch xulosa beradigan jihat emas. Qolaversa,o‘rtada inson salomatligi, degan o‘ta muhim vazifa turibdi.

Kiritildi: 16:07 27.05.2019. O'qildi: 4560 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!