Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Choyxonada qimor o‘ynagan 7 ta qimorbozga jazo tayinlandi

Choyxonada qimor o‘ynagan 7 ta qimorbozga jazo tayinlandi

Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish va unda ishtirok ishtirok etish qonun bilan ta’qib qilinadi. Qimor so‘zini eshitganda beihtiyor odamda seskanish paydo bo‘ladi. Bu o‘yinning nafaqat ijtimoiy xavfliligi, balki bu o‘yin oqibatida ko‘plab noxushliklar sodir bo‘lishi hech kimga sir emas. Shuning uchun, ham qonunda bu faoliyat uchun rasman ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan. 

Toshloq tuman ma’muriy sudi tomonidan 2020 yil 20 fevral kuni tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi MJtK 191-moddasining 1-qismi (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarda ishtirok etish) bilan SH.Umarov, R.Abdullayev, E.Kamolov, S.Turdiyev, X.Yakupjanov, I.Xoshimov va D.Dadajonovlarga nisbatan to‘plangan ma’muriy ish materiallari ko‘rib chiqildi. 

Ish holatiga ko‘ra, Toshloq tuman IIB xodimlari tomonidan 2020 yil 17 fevral kuni soat 22-30larda o‘tkazilgan tadbir davomida, Toshloq tuman, So‘kchilik mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan M.Xomidjonovga tegishli bo‘lgan choyxonaning 7-raqamli xonasida SH.Umarov, R.Abdullayev, E.Kamolov, S.Turdiyev, X.Yakupjanov, I.Xoshimov va D.Dadajonovlar qonunga xilof ravishda pul tikib qimor o‘ynashayotgani aniqlangan. Ulardan 36 donalik karta va 124 000 so‘m pullar ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Sudning qarori bilan, SH.Umarov, R.Abdullayev, E.Kamolov, S.Turdiyev, X.Yakupjanov, I.Xoshimov va D.Dadajonovlar O‘zbekiston Respublikasi MJtK 191-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, ularning har biriga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida 669 000 so‘mdan jarima jazosi tayinlandi. Daliliy ashyo tariqasida olingan 36 dona karta yo‘q qilinishi, 124 000 so‘m pullar esa davlat foydasiga musodara qilinishi belgilandi.

Huquqbuzarlar va boshqa shaxslar tomonidan kelgusida bu kabi harakatlar sodir etilishini oldini olish maqsadida sud tomonidan ularning yashash mahalla fuqarolar yig‘inlariga, shuningdek, tuman IIBga tegishli chora-tadbirlar belgilash haqida taqdimnomalar chiqarildi. 

 

Toshloq tuman 

ma’muriy sudining raisi A.Akramov

Kiritildi: 11:04 21.02.2020. O'qildi: 2247 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!