Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

“Chotqol” qo‘riqxonasida Turkiston silovsini fotoqopqonga tushdi

A A A
“Chotqol” qo‘riqxonasida Turkiston silovsini fotoqopqonga tushdi

“Chotqol” davlat biosfera qo‘riqxonasi hududida o‘rnatilgan kuzatuv fotoqopqoniga Turkiston silovsini muhrlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishlari vazirligi xabar berdi.

Turkiston silovsini O‘zbekiston Qizil kitobiga zaif, kamayib borayotgan, mozaik tarzda tarqalgan kichik tur sifatida kiritilgan. G‘arbiy Tyan-Shan va Pomir-Oloy hududlarida tarqalgan. Bargli va archa o‘rmonlarida yashaydi. Hisor tog‘ tizmasida 150 ga yaqin, “Ko‘hitang” tizmasida 20-25 ta, G‘arbiy Tyan-Shanda 100 ga yaqin, Turkiston tizmasida 300 ga yaqin silovsin yashaydi.

Kiritildi: 17:22 22.03.2024. O'qildi: 2012 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!