Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Chiroqchida uyida 836 tup og‘u "parvarishlagan" shaxs qo‘lga olindi

Chiroqchida uyida 836 tup og‘u "parvarishlagan" shaxs qo‘lga olindi

Giyohvandlik moddasini iste’mol qilish inson salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi, uning hayotini izdan chiqarishi va turli jinoyatlar sari yetaklashi ma’lum. Bu borada targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan giyohvand moddalarni yetishtiruvchi, iste’mol qiluvchi hamda noqonuniy oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi “uddaburonlar” hali-hanuz uchrab turibdi. Bu, albatta, achinarli hol.

Kuni kecha Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda Chiroqchi tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tezkor tadbir davomida, ushbu tumanning “Qumdaryo” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqaro B. R. o‘zining yashash xonadoni hovlisida 450x150 smo‘lchamdagi yer maydoniga 836 tup, og‘irligi 9 kilo 330 gramm bo‘lgan “Opiyli ko‘knori” giyohvand o‘simligini noqonuniy ravishda ekib, parvarishlab kelayotganligi fosh etildi.

Mazkur huquqbuzarlik holati yuzasidan hozirda bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:30 23.05.2020. O'qildi: 2102 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!