Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Chiroq o‘chirilishi munosabati bilan ilk marta uzr so‘raldi

Chiroq o‘chirilishi munosabati bilan ilk marta uzr so‘raldi

“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari” AJ ayrim hududlarda chiroq o‘chishi munosabati bilan uzr so‘ragan. Bu chiroq o‘chirilgani uchun rasman e’lon qilingan birinchi kechirimdir.

Bugun 110/6 Kirguli podstansiyasidan chiquvchi Yusufbek fiderida rele himoyasini tekshirish ishlari olib boriladi, shu sababli quyidagi hududlarda vaqtinchalik elektr energiyasi uzib qo‘yiladi:

Farg‘ona shahridagi Marvarid, Fayz, Temuriylar, Shabboda, Gulshan ko‘chalari hamda Yangi Marg‘ilon hududida joylashgan yuqoridagi fiderga ulangan iste’molchilar hamda Farg‘ona tumanining “Chek-sho‘ra” MFY; 

Oltiariq podstansiyasidan chiquvchi Langar fiderida ta’mirlash ishlari olib borish maqsadida, “Chimyon”, “Mindon”, “Arab”, “Xonqiz”, “Qo‘rg‘ontepa”, “Oqbilol” QFY aholi xonadonlarida.

Shuningdek, “Obod qishloq” dasturi bo‘yicha Yozyovon tumanining “Ishtirxon”, “Takalik” MFYlarida, Uchko‘prik tumanining “Mirzaxo‘ja”, Yulg‘unzor MFY hududlarida yangi transformator o‘rnatilishi hamda sim tortilishi munosabati bilan soat 08:00 dan 17:00 ga qadar vaqtincha elektr energiyasi berilmaydi.

28 noyabr kuni bosh vazir Abulla Aripov yig‘ilish o‘tkazib, gaz va elektr energiyasidan  foydalanishni qattiq nazorat qilishni aytgandi.

Hozircha Turkmanistondan sotib olingan tok tufayli qishloqlarda chiroq o‘chishi keskin kamaygani haqida ma’lumotlar olmoqdamiz.

Albatta, o‘zgarishlar katta. Har holda shuncha yil besabab muntazam chiroq o‘chirgan mutasaddilar endi bo‘lsa-da, kechirim so‘rashni o‘rganishibdi, deb yozadi "Zed News" kanali.

Kiritildi: 09:19 05.12.2019. O'qildi: 2608 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!