Bugun 29 iyul, 2026 yil, chorshanba

КИР

“Chinor” metro bekati qayta ochiladi

“Chinor” metro bekati qayta ochiladi

Avval xabar qilinganidek, Toshkent metropolitenining “Chinor” metro bekati yo‘lovchilar uchun yanada qulay va zamonaviy infratuzilma yaratish hamda rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish maqsadida vaqtincha yopilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 30 aprel kuni o‘tkazilgan 25-son yig‘ilishi bayonnomasida Bosh vazir o‘rinbosari A.J. Ramatov tomonidan belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida mazkur bekatda keng ko‘lamli rekonstruksiya va kengaytirish ishlari amalga oshirildi.

Mazkur ishlar yakuniga yetkazilgani munosabati bilan “Chinor” metro bekati joriy yilning 29 iyul kuni soat 05:00 dan boshlab yo‘lovchilar uchun to‘liq faoliyatini qayta boshlaydi.

Rekonstruksiya jarayonida bekatning kirish va chiqish qismlari sezilarli darajada kengaytirildi. Xususan, avval 6 ta bo‘lgan turniketlar soni 13 taga yetkazildi. Shuningdek, yo‘lovchilar uchun noqulaylik tug‘dirib kelgan o‘tish yo‘laklari qayta loyihalashtirilib, bekatdan bekatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tish imkoniyati yaratildi. Bekat avvallari kun davomida o‘rtacha 15 ming nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, endilikda kuniga 35–40 ming nafargacha yo‘lovchiga sifatli xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Kiritildi: 16:56 28.07.2026. O'qildi: 273 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!