Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Chimyon tog‘ida adashib qolgan 4 nafar fuqaro qutqarildi

Chimyon tog‘ida adashib qolgan 4 nafar fuqaro qutqarildi

Toshkent viloyatidagi Chimyon tog‘ida sayr vaqtida yo‘ldan adashib qolgan to‘rt nafar fuqaro Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan qidirib topilib, xavfsiz hududga olib chiqildi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qilishicha, voqea yuzasidan xabar Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasiga 112 yagona dispetcherlik xizmati orqali kelib tushgan.

Murojaatga ko‘ra, to‘rt nafar fuqaro Chimyon tog‘iga sayrga chiqqan. Ortga qaytayotganda yo‘lni qisqartirish maqsadida asosiy marshrutdan chetga chiqqani sababli adashib qolgan va qutqaruvchilar yordamiga muhtoj bo‘lgan.

Xabar olinishi bilan Chimyon maxsus qutqaruv otryadi xodimlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini boshlagan. Natijada adashib qolgan fuqarolar topilib, xavfsiz hududga olib chiqilgan.

FVV ma’lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida fuqarolarning hech biri tan jarohati olmagan.

Vazirlik tog‘li hududlarga sayohat qiluvchilarga yo‘nalishni oldindan rejalashtirish, ob-havo sharoitini inobatga olish hamda belgilangan marshrutdan chetga chiqmaslikni tavsiya qildi.

Kiritildi: 10:44 15.07.2026. O'qildi: 1531 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!