Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Chimkentda go‘sht qimmatlashdi - uni O‘zbekistonga olib chiqib ketishmoqda

Chimkentda go‘sht qimmatlashdi - uni O‘zbekistonga olib chiqib ketishmoqda

Chimkentda sabzavotlar, meva va go‘sht qimmatlashdi. Tadbirkorlar buni unumsiz mavsum, stabilizasiya fondining oblastdagi yangi markazga ko‘chib o‘tishi va mahsulotning chet elga olib chiqib ketilishi bilan bog‘lashmoqda, deya xabar qiladi "Kun" nashri.

Go‘sht narxining oshishi kutilmagan bo‘ldi. Bir necha hafta mobaynida mol go‘shti narxi bir kilogramm uchun 1400 tengedan 1600 tengega yetdi.

Sotuvchilarning o‘zi buni bozorga go‘sht yetkazib berish keskin kamayishi bilan bog‘lashyapti. Realizatorlarning bildirishicha, mahsulot katta qismi ko‘tara (ulgurji) savdo qiluvchilar tomonidan O‘zbekistonga olib chiqib ketilmoqda.

«O‘zbekistonga olib chiqib ketilmoqda. O‘zbekistonga juda ko‘p olib ketilyapti. U yerga olib borish foydali, deyishmoqda. Boshqa tomondan, yem-xashak qimmat. Hozir hech kim go‘sht olmayapti. Qimmat. Rostini aytganda, pensionerlarga og‘ir», - deydi tadbirkor Jamiddin Yo‘ldoshxo‘jayev.

Kiritildi: 11:15 10.12.2018. O'qildi: 1849 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!