2019 yil 21 iyun kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yashovchi 30 yoshli S.G‘. Iqtisod 2-tor ko‘chasida o‘zaro janjal sabab tanishi 36 yoshli K.YU.ni pichoq bilan jarohat yetkazgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, natijada K.YU. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. S.G‘. ushlangan. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.