Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Chilonzordagi savdo markazlarining birida fuqarolar qarz masalasida janjallashdi

Chilonzordagi savdo markazlarining birida fuqarolar qarz masalasida janjallashdi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar o‘zaro janjallashganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Joriy yilning 4 iyul kuni taxminan soat 19.30 larda Chilonzor tumanidagi savdo markazlarining birida, oldindan tanish bo‘lgan 2004 yilda tug‘ilgan A.O. va 1990 yilda tug‘ilgan F.U. qarz masalasida tortishib o‘zaro janjallashib ketgan, ularning janjaliga 2007 yilda tug‘ilgan F.O. aralashib, bir-birini qo‘l va oyoqlari bilan urgan. Zudlik bilan voqea joyiga yetib kelgan PPX xodimlari tomonidan janjal to‘xtatilgan. Tibbiy yordam uchun shifoxonaga murojaat qilganlar yo‘q.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Kiritildi: 08:57 05.07.2024. O'qildi: 727 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!