2019 yil 7 aprel kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yashovchi V.B. uyida o‘zaro janjal oqibatida mast holda bo‘lgan o‘gay o‘g‘li V.Z.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, V.Z. kasalxonaga yotqizilib, V.B. qo‘lga olindi. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.