Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Chilonzorda "Neksiya" haydovchisi "Damas" haydovchisini urdi

Chilonzorda "Neksiya" haydovchisi "Damas" haydovchisini urdi

24-aprel kuni soat 11.30 da Chilonzor tumanida Neksiya-2 rusumli avtomobil haydovchisi 29 yoshli Obidjon CH. Toshkent xalqa yo‘li bo‘ylab harakatlana turib Damas rusumli avtomobil haydovchisi 31 yoshli Xasan I. bilan janjallashib qoldi.

Toshkent shahar IIBBning yozishicha, kelishmovchilik haydovchilar bir-birlariga yo‘l bermaganliklari sababli yuzaga chiqqan. Janjallashish vaqtida Obidjon CH. Xasan I.ni urgan. Sud-tibbiy ekspertiza ma’lumotlariga ko‘ra, Xasan I.ga o‘rta og‘irlikdagi tan shikastlari yetgan. Obidjon CH.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi ( Bezorilik ) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Kiritildi: 11:40 14.05.2019. O'qildi: 1267 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!