Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Chili: halokatga uchragan samolyot hamon qidirilmoqda

Chili: halokatga uchragan samolyot hamon qidirilmoqda

Chili harbiy havo kuchlari boshqa davlatlarning ko‘magida Antarktida yo‘nalishida parvoz qilayotib, halokatga uchragan samolyotni qidiruv ishlarini faollashtirdi.

“RIA Novosti“ xabarida qayd etilishicha, mamlakat mudofaa vaziri Alberto Espina Oteroning Twitter orqali bergan ma’lumotida samolyotning qidiruv ishlarini nazorat qilish uchun harbiy havo kuchlari qo‘mondoni Arturo MerinoPunta-Arenasga jo‘nab ketganini ma’lum qilgan.

Avvalroq joriy yilning 9 dekabr kuni Chili janubidagi Punta-Arenas shahridan parvozga shaylangan samolyot okean ustidagi parvozi chog‘ida radar ekranidan yo‘qolib qolgani haqida xabar tarqalgan edi.

Kiritildi: 07:20 12.12.2019. O'qildi: 1312 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!