Bugun 21 avgust, 2026 yil, juma

КИР

Chexiyada Ukraina fuqarolarini chiqarib yuborish ikki barobar oshdi

Chexiyada Ukraina fuqarolarini chiqarib yuborish ikki barobar oshdi

Chexiya 2026 yilning birinchi choragida o‘tgan yil davomidagidan ikki barobar ko‘p Ukraina fuqarosini mamlakatdan chiqarib yuborgan. Bu Chexiya Ichki ishlar vazirligi hisobotlarida keltirilgan ma’lumotlardan anglashiladi.

"2026 yilda (31 mart holatiga ko‘ra) 342 nafar shaxs qaytarildi... Ukraina — 66 nafar", — deya hujjatdan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Shuningdek, ushbu davr mobaynida Moldova va Vyetnamning 32 nafardan fuqarosi Chexiyadan chiqarib yuborilgan.

Taqqoslash uchun, 2025 yil davomida Chexiya hukumati 33 nafar Ukraina fuqarosini mamlakatdan chiqarib yuborgan. 2024 yilda esa Chexiyadan deportasiya qilingan 200 nafar xorijlikning 13 nafarini Ukraina fuqarolari tashkil etgan.

Kiritildi: 11:37 20.08.2026. O'qildi: 356 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!