Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Chexiyada ikkita yo‘lovchi poyezd to‘qnashib ketdi: qurbonlar bor

Chexiyada ikkita yo‘lovchi poyezd to‘qnashib ketdi: qurbonlar bor

Chexiyada Domajlise va Blijeov bekatlarida o‘rtasida ikkita yo‘lovchi poyezd to‘qnashib ketdi. Bu haqda Novinky.cz nashri xabar bermoqda.
Hodisa oqibatida ikkita mashinist va bir yo‘lovchi halok bo‘lgan. 31 kishi jarohat olgan, ulardan besh nafari og‘ir ahvolda. Polisiya uch kishining o‘limini tasdiqlagan.
Qayd etilishicha, Ex 351 Zapadni expres tezyurar poyezdi Myunxendan Pragaga ketayotgan bo‘lgan, yo‘lovchi poyezdi esa Plzen — Domajlise yo‘nalishida harakatlangan.

Chexiya Transport vazirligining ma’lum qilishicha, poyezdlardan birining mashinisti qizil chiroqdan o‘tib ketgan. Poyezd halokatining sabablari o‘rganilmoqda. Voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar, shifokorlar va polisiya ishlamoqda. Shuningdek, to‘rtta maxsus vertolyot jalb qilingan.

Kiritildi: 10:17 05.08.2021. O'qildi: 1454 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!