Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Chet elda vaksina olganlar O‘zbekistonga kelgach yana emlanadimi?

Chet elda vaksina olganlar O‘zbekistonga kelgach yana emlanadimi?

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva xorijda COVID-19’ga qarshi emlanganlar O‘zbekistonga kelgach, emlash jarayoniga jalb qilinish-qilinmasligiga oydinlik kiritdi.

«Chet elda emlanib, emlanganlik sertifikatini olgan fuqarolar O‘zbekistonda emlanishi shart emas. Bunday holatlarda tibbiyot muassasalari xodimlariga mazkur sertifikat taqdim etiladi va fuqaro emlanganlar ro‘yxatiga kiritiladi», — degan u.

Sevara Ubaydullayevaning bildirishicha, xorijda vaksina qabul qilgan fuqarolar 2 yoki 3 bosqichli emlashdan to‘liq o‘tganidan so‘ng emlanganlik sertifikatini oladi. Ba’zi davlatlarda sertifikat o‘rniga ma’lumotnoma beriladi. Bu ma’lumotnomada emlashning barcha bosqichidan to‘liq o‘tgan yoki o‘tmaganlik to‘g‘risida yozuvlar kiritilgan bo‘ladi. Bu hujjat tibbiyot xodimlari tomonidan o‘rganib chiqilgach, mazkur fuqaroni emlash bo‘yicha xulosa qilinadi.

«Agar fuqaro chet elda ham mamlakatimizda qo‘llanilayotgan vaksina bilan emlanishni boshlagan bo‘lsa, keyingi bosqichlarni yurtimizda davom ettirishi mumkin», — deb qayd etgan Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi.

Eslatib o‘tamiz, aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlari 1 apreldan boshlandi. Emlash dastlab qariyalar, sog‘liqni saqlash xodimlari, OAV vakillarida ko‘ngilli tarzda o‘tkaziladi. 8 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi jami emlanganlar soni 83 076 nafarga etdi. To‘liq emlash kursini tamomlagan fuqarolarga QR-kodli sertifikat beriladi.

«Yuksalish» umummilliy harakati emlash tadbirlari haqida internet foydalanuvchilarining kayfiyati va fikrlarini bilish maqsadida o‘tkazilgan (29—31 mart) onlayn-so‘rov natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda aholining ko‘pchiligi koronavirusga qarshi emlanishni istamayotgani ma’lum bo‘lgandi.

Kiritildi: 09:10 10.04.2021. O'qildi: 2485 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!