Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Chernobil atrofidagi yong‘in nazoratga olindi

A A A
Chernobil atrofidagi yong‘in nazoratga olindi

Ukrainada bir haftadan beri davom etayotgan yong‘in halokatga uchragan Chernobil atom elektrostansiyasiga yetib borishiga bir kilometrcha qolgan edi, Ukraina ichki ishlar vazirligi xabar berishicha ushbu yong‘in nazoratga olindi.

Ukrainaning Favqulodda vaziyatlar xizmati 13 apreldagi bayonotida Kiyev viloyatidagi radiasiya darajasi “tabiiy fon qiymatidan oshmayotgani”ni, AES atrofidagi yopiq hududda “o‘zgarmagani”ni ma’lum qilgan.

Avvalroq, Ukraina Prezidenti Volodomir Zelenskiy yaqin soatlarda favqulodda vaziyatlar rahbarlari bilan uchrashib, yong‘in borasidagi ma’lumotlarni shaffof shaklda xalqqa bildirishini aytib o‘tgan edi.

Ta’kidlanishicha, yong‘in keng tarqalishining oldini olish uchun 415 kishi va 98 dona texnika, shu jumladan 3 ta AN-32P samolyoti va 3 ta vertolyot jalb etilgan.

Ma’lumot uchun, yong‘in 4 aprel kuni boshlanib, hozirda uning zarari bir necha million dollardan ziyodga baholanmoqda. Yong‘inning asosiy sababi qasddan o‘t qo‘yish deya hisoblanmoqda. Bu masala bo‘yicha Ukraina ichki ishlar organlari tomonidan 2 nafar shaxs qo‘lga olingan. 

Kiritildi: 18:50 14.04.2020. O'qildi: 2571 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik