Bugun 1 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Chempionlar ligasining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Chempionlar ligasining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

«PSJ» yarim himoyachisi Xvicha Kvarasxeliya Chempionlar ligasining o‘tgan mavsumidagi eng yaxshi futbolchisi uchun beriladigan sovrinni qo‘lga kiritdi. Yakunlangan mavsumda gruziyalik futbolchi 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol va 6 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Uning jamoasi finalda Londonning «Arsenal» klubini mag‘lub etib, turnir g‘olibiga aylandi. Asosiy vaqtda jamoalar 1:1 hisobida durang qayd etgan bo‘lsa, penaltilar seriyasida parijliklarning qo‘li baland keldi — 4:3.

Qayd etish joizki, fransuzlar klubi ikki mavsum qatorasiga Chempionlar ligasida g‘olib chiqmoqda. 2025 yilda Luis Enrike jamoasi hal qiluvchi bahsda «Inter»ga hech qanday imkoniyat qoldirmagandi (5:0).

Kiritildi: 23:31 31.05.2026. O'qildi: 212 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!