Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Chechenistondagi otishmada ikki kishi halok bo‘ldi

A A A
Chechenistondagi otishmada ikki kishi halok bo‘ldi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Gudermes xususiy sektorida polisiyaga granata uloqtirgan ikki erkak o‘ldirilganini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tinch aholi va huquq-tartibot xodimlari orasida qurbonlar yo‘q.

«Jangarilar qamalga olinib, taslim bo‘lish taklif etildi. Qamaldan qochishga uringan jinoyatchilar huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonga granata uloqtirishgan. Ikkalasi ham javob o‘qlari bilan yo‘q qilindi», — degan Qodirov.

Ma’lumotlarga ko‘ra, noma’lum shaxslar qurol bilan mahalliy polisiya bo‘limiga hujum qilgan. Hujum qilganlarning aniq soni noma’lum.

Bir kun avval Ingushetiya va Shimoliy Osetiya o‘rtasidagi yo‘l polisiyasi postiga bir necha kishi o‘q uzgan, natijada ikki polisiyachi yaralangan edi.

Kiritildi: 20:25 29.03.2023. O'qildi: 3184 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!