Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Changyutgich cho‘tkasini qanday qilib tozalash kerak?

Changyutgich cho‘tkasini qanday qilib tozalash kerak?

Changyutgich – bu insoniyatning buyuk ixtirosi! Uning yordamida uy tozalash maroqli ishga aylanadi. Changyutgichlarning har bir turida gilam tozalaydigan maxsus cho‘tkalar bor. Vaqt o‘tishi bilan bu cho‘tka chang va sochlarga to‘lib ketadi. Bu har bir uy bekasi uchun yoqimsiz holat. Xo‘sh, bunday holat yuzaga kelmasligi uchun nima qilish kerak?

Ko‘pchilik changyutgich cho‘tkasini igna, ilmoq kabilar bilan tozalashga harakat qiladi. Ammo bular bilan kutilgan natijaga erishish qiyin. Eng yaxshisi, changyutgich cho‘tkasini “rasparivatel” (tikuvchilik anjomi) bilan tozalash kerak. Bu moslamaning nima ekanligiga hayron bo‘layotganlar uchun ma’lumot: “rasparivatel” – tikuvchilarning ish quroli bo‘lib, undan asosan kiyim “petlya” (tugma o‘tkaziluvchi teshikchani hosil qiluvchi chok)larini ochishda foydalaniladi.

Bu moslama cho‘tkalarni tozalash uchun ham juda qulay.

Uydagi tozalash ishlari tugagandan so‘ng changyutgichni eng past kuchlanishda yoqib, cho‘tkadagi kirlarni “rasparivatel” bilan chiqarib tashlang. Shunda cho‘tkadagi kirlar to‘g‘ri changyutgich qopiga borib tushadi, cho‘tka esa top-toza bo‘lib qoladi.

Quruq tozalashdan so‘ng cho‘tkaga yuvish vositalarini sepib, mato bilan artib olsangiz, u do‘kondan olingandek yangi bo‘lib qoladi. Agar bu ishni har safar uy tozalashdan so‘ng amalga oshirsangiz asabingiz ortiqcha buzilmaydi.

Kiritildi: 05:35 02.02.2020. O'qildi: 7105 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!