Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Chadda jangarilar hujumi oqibatida 23 askar halok bo‘ldi

Chadda jangarilar hujumi oqibatida 23 askar halok bo‘ldi

"Boko Xaram" jangarilari Chaddagi harbiy bazaga hujum qilishdi.

Reuters agentligi xabar berishicha, armiya bu haqda seshanba kuni bergan bayonotida e’lon qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hujumda kamida 23 nafar xavfsizlik xodimi halok bo‘lgan, yana 26 nafari yaralangan.

"Armiya dushanba kuni kechqurun Chad ko‘li mintaqasida sodir bo‘lgan hujumni qaytardi va hozirda hududni tozalash bo‘yicha operasiyalar olib borilmoqda", deyiladi bayonotda.

Chad prezidenti Mahamat Idris Debi Facebookdagi bayonotida jangarilarning hujumini qoraladi.

2009 yildan beri Boko Haram jangarilari o‘z ta’sirini Nigeriyaning shimoli-sharqidan g‘arbiy Chadgacha kengaytirdilar, u yerda harbiy inshootlarga hujumlar tez-tez sodir bo‘lmoqda.

Kiritildi: Bugun 09:15. O'qildi: 236 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!