Ijtimoiy tarmoqlarda «Centrum Air» reyslariga chipta xarid qilgan ayrim yo‘lovchilar bilan bog‘liq xabarlar tarqalgan edi. Kompaniya ushbu holatlarni o‘rganib chiqdi.
➖ Birinchi holatda yo‘lovchi bilet uchun agregator orqali to‘lov qilgan. Biroq mablag‘ aviakompaniya hisob raqamiga kelib tushmagani sababli bron avtomatik bekor qilingan. Holat aniqlangach, agregator bilan bog‘lanilib, yo‘lovchiga mablag‘i qaytarilgan.
➖ Ikkinchi holatda esa texnik sabablar tufayli samolyotni zudlik bilan almashtirishga to‘g‘ri kelgan. Yo‘lovchilar mehmonxona, ovqatlanish, kompensasiya va yangi aviachiptalar bilan ta’minlangan.
«Centrum Air» har bir yo‘lovchining ishonchi muhim ekanini ta’kidlab, yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘radi.