Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Camarqanddagi to‘yxonada ommaviy zaharlanish yuz berdi

Camarqanddagi to‘yxonada ommaviy zaharlanish yuz berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi to‘yxona restoranlardan birida ko‘plab odamlarning zaharlangani haqida xabar paydo bo‘ldi. Xabarni uylangan bolaning o‘zi joylashtirgan. Bu mish-mishlarni tekshirish maqsadida Samarqand viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga bordik.

U yerda bemorlarga qarayotgan shifokorlardan biri bizga ma’lumot berishga rozi bo‘ldi. Shifokorning aytishicha, shanba kuni bo‘lgani taxmin qilinayotgan to‘yda ovqatdan zaharlangan 10 dan ortiq odam murojaat qilgan va ular kelishda davom etishmoqda: «O‘sha to‘yda zaharlangan odamlar hamon kelmoqda. Ularning ahvoli og‘ir emas», — deydi shifokor Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.

“Facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi mashhur samarqandliklar guruhida foydalanuvchilardan biri shunday post qoldirgan: «14 sentyabr kuni havas qilib to‘y qildim. Kishi boshiga 180 ming so‘mdan to‘ladim. Keyin nima bo‘ldi? 200 kishi ovqatdan zaharlandi. Ular orasida mehmonlar, do‘stlar, qo‘shnilar bor edi. Qanchalik alam qilayotganini so‘z bilan izohlay olmayman».

 

Kiritildi: 09:15 17.09.2019. O'qildi: 2187 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!