MV Hondius kruiz kemasida bo‘lgan Britaniya fuqarolari orasida uchinchi xantavirus infeksiyasi holati tasdiqlandi.
Bu haqda Britaniya ommaviy axborot vositalari Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlashni himoya qilish agentligi (UKHSA) ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda.
"Ikki Britaniya fuqarosida xantavirus infeksiyasi borligi tasdiqlandi va yana bir holat Tristan-da-Kunya orolida gumon qilinmoqda", deyiladi bayonotda.
Buyuk Britaniya rasmiylari yakshanba kuni MV Hondius kemasining Tenerifega yetib kelishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
"Hozirda bortdagi Britaniya fuqarolarining hech birida alomatlar kuzatilmayapti va ular diqqat bilan kuzatilmoqda", deb aniqlik kiritdi agentlik.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ilgari kemada hantavirus infeksiyasining yetti holati tasdiqlangani haqida xabar bergan edi. Uch kishi vafot etdi, biri Janubiy Afrikada reanimasiyada, yana ikkitasi tibbiy evakuasiyaga muhtoj.