Bugun 28 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Buyuk Britaniyada sun’iy intellekt vakili umumiy saylovlarda ishtirok etadi

Buyuk Britaniyada sun’iy intellekt vakili umumiy saylovlarda ishtirok etadi

Sun’iy intellekt vakili Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tadigan saylovlarda ishtirok etadi. Braytonlik biznesmen Stiven Endakott avatari AI Stiv mustaqil nomzod sifatida taqdim etiladi.

AI Stivni siyosiy maydonda ko‘rishning iloji yo‘q, chunki u sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan avatar. Uning tashabbuskori Stiv Endakott hisoblanadi. U o‘z avatarini Jamoalar palatasi saylovlarida ishtirok etishini xohlaydi.

«Boshqa partiyalarning Britaniya jamoatchiligi bilan aloqasi yo‘qligidan hafsalam pir bo‘lgan holda, men o‘z partiyamni yaratyapman. Men saylovchilarimning fikrlari bilan bevosita bog‘lanish uchun texnologiyadan foydalanishga harakat qilaman», deb tushuntirdi u ijtimoiy tarmoqlarda.

Yangi nomzod saylov byulleteniga AI Stiv nomi bilan kiritilgan. U Endakott raislik qiladigan Neural Voice ovozli yechimlar kompaniyasi mahsulotidir. Firma asoschisi Jeremi Smit so‘zlariga ko‘ra, sun’iy intellekt Stiv bir vaqtning o‘zida 10 mingtagacha suhbatni boshqara oladi.

Hozirgi bosqichda robot jamoatchilikdan tilaklar va fikr-mulohazalarni yig‘moqda. Hozir Yaqin Sharqdagi mojaro va mahalliy muammolar, masalan, chiqindi yig‘ish bilan bog‘liq muammolar ustunlik qilmoqda. Keyinchalik, agar saylansa, Endakott shaxsan parlamentga bormoqchi. U AI Stiv platformasi orqali to‘plangan taklif va talablarni parlamentda ilgari surishga va’da bermoqda.

Kiritildi: 22:45 15.06.2024. O'qildi: 1193 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!