Buyuk Britaniyada sil kasalligi holatlari keskin oshdi.
Daily Express gazetasining Sog‘liqni saqlash xavfsizligi agentligiga tayanib xabar berishicha, 2022 yildan beri holatlar soni 25 foizga oshgan. 2025 yilda mamlakatda 5424 ta sil kasalligi holati qayd etilgan. Eng yuqori ko‘rsatkich 2024 yilda 5480 ta holatni tashkil etgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, vaziyat Angliyaning shimoli-sharqida ayniqsa xavotirli.
Surrey universitetining bakteriologiya bo‘yicha katta o‘qituvchisi Syuzi Xingli-Uilson ning ta’kidlashicha, holatlarning ko‘payishi alomatlarning boshlanishi va davolanish boshlanishi orasidagi vaqt oralig‘ining oshishi bilan birga keladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu infeksiyaning yanada tarqalishiga yordam beradi.
Mutaxassislar, shuningdek, holatlarning ko‘payishini qashshoqlikning ortishi bilan bog‘laydilar. Jozef Rountri jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyada taxminan 14,2 million kishi qashshoqlik chegarasidan pastda yashaydi.