Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi mutasiyasi aniqlandi

Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi mutasiyasi aniqlandi

Angliya jamoat sog‘lig‘ini saqlash agentligi (PHE) mutaxassislari koronavirusning yangi mutasiyasini aniqladi. Unga B.1.621 nomi berildi, deb xabar qildi The Mirror.

Ma’lumot berilishicha, mamlakatda bugunga qadar yangi shtamm bilan zararlanish bo‘yicha 16ta holat qayd etilgan. Ularning barchasi xorijga safar qilib qaytganlar bilan bog‘liq, deb yozadi nashr.

Hozirda mutaxassislar yangi mutasiyaning virus xususiyatiga qanday ta’sir qilishini o‘rganish borasida laboratoriya tadqiqotlari o‘tkazmoqda.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, mazkur mutasiya vaksina samaradorligiga qanday ta’sir ko‘rsatishi hozircha noma’lum.

Dunyoda bugungi kunda koronavirusning "delta" shtammi eng ko‘p tarqalgan.

Kiritildi: 22:07 24.07.2021. O'qildi: 2664 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!