Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Buyuk Britaniya Xitoyga:”Gongkong gavharini vayron qilmang”

Buyuk Britaniya Xitoyga:”Gongkong gavharini vayron qilmang”

2 iyun kuni Buyuk Britaniya Xitoy hukumatiga Gongkong masalasi bo‘yicha murojaat qildi.Unda Britaniya Pekinni Gongkongda joriy qilmoqchi bo‘layotgan “avtoritar” xavfsizlik qonunidan voz kechishga chaqirdi va Xitoydan bu harakatlari bilan Osiyo iqtisodiyotining muhim hududi bo‘lgan Gongkongni vayron qilmaslikni so‘radi.

O‘tgan haftada Xitoy parlamenti Gongkong bo‘yicha yangi xavfsizlik qonunini ma’qullagan va u Gongkongdagi terrorizm va mavjud hukumatga qarshi isyon kabi muammolarni hal etishi ta’kidlangandi.Unga ko‘ra,Xitoyning xavfsizlik va razvedka tashkilotlari ilk bor bu shahar davlatda o‘zlarining idoralarini ochishlari mumkin bo‘ladi.

“Xitoyning qayta o‘ylab ko‘rish va bu qonundan voz kechishi uchun vaqti bor.Xitoy Gongkongning avtonomlik maqomini hurmat qilishi va o‘zining majburiyatlarini ham unutmasligi kerak. Ammo,hozirgi noxush holat shuki, Xitoy bu harakatini davom ettirmoqda va anchadan beri iqtisodiy tojning gavhari bo‘lib kelayotgan mamlakatni bo‘gib o‘ldirmoqda” dedi Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Dominik Raab.

Global savdo markazlari indeksiga ko‘ra,Gongkong dunyo savdo markazlari reytinggida uchinchi o‘rindan oltinchi o‘ringa tushib ketdi.Hozirda bu ro‘yxatda Gongkongdan oldin Nyu York,London,Tokyo,Shanhay va Singapur turibdi.Vaholanki, Gongkong 2019 yilda Osiyoning birinchi raqamli savdo markazi edi.

Raabning aytishicha,yangi xavfsizlik qonuni “bir mamlakat,ikki tizim” rejimini buzish hisoblanadi.Bu tizim 1984 yilda Britaniya va Xitoy o‘rtasidagi Qo‘shma Deklarasiyada tasdiqlangan. Shuningdek, Raab agar bu qonun kuchga kirsa,Britaniya Xitoyga qarshi ittifoq tuzishini aytib o‘tgan.

Kiritildi: 06:00 03.06.2020. O'qildi: 2735 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!